09:30 / 16.07.2024
162

«Oltin to‘p». Yevro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunidan so‘ng da’vogarlar reytingi o‘zgardi

«Oltin to‘p». Yevro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunidan so‘ng da’vogarlar reytingi o‘zgardi
Yevro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunlariga ko‘ra, Goal nashri o‘z talqinida «Oltin to‘p» uchun da’vogarlar reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, Yevropa chempioniga aylanib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Rodri «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Shuningdek, La Liga va YECHL g‘olibligidan keyin Ispaniya bilan Yevroda chempion bo‘lgan Dani Karvaxal 4-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Amerika kubogida Argentinaga chempionlikni keltirgan Lautaro top-5likdan joy oldi. Messi esa 19-o‘rindan 16-pog‘onaga ko‘tarilgan. Krishtianu Ronaldu top-20likni tark etgan.

Top-20 da’vogarlar reytingi bilan tanishing:

1. Rodri («Manchester Siti»)
2. Vinisius Junior («Real»)
3. Jud Bellingem («Real»)
4. Daniel Karvaxal («Real»)
5. Lautaro Martines («Inter»)
6. Toni Kroos (faoliyatini yakunladi)
7. Kilian Mbappe («Real»)
8. Harri Keyn («Bavariya»)
9. Filip Foden («Manchester Siti»)
10. Niko Uilyams («Atletik»)
11. Florian Virts («Bayer»)
12. Lamin Yamal («Barselona»)
13. Erling Holand («Manchester Siti»)
14. Emiliano Martines («Aston Villa»)
15. Alvaro Morata («Atletiko»)
16. Lionel Messi («Inter Mayami»)
17. Xulian Alvares («Manchester Siti»)
18. Dani Olmo («RB Leypsig»)
19. Bukayo Saka («Arsenal»)
20. Rodrigo («Real»).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p». Yevro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunidan so‘ng da’vogarlar reytingi o‘zgardi