
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt iste’foga chiqarildi. Bu haqida terma jamoa rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.
53 yoshli mutaxassis 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 2 marta Yevropa chempionati finaliga chiqdi va Jahon Chempionati yarim finali hamda chorak finaliga qadar yetib bordi.
Sautgeytning Angliya bilan ishtirok etgan so‘nggi turniri Yevro—2024 musobaqasi bo‘ldi va terma jamoa turnir finaliga qadar yetib keldi. Hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Garet Sautgeyt futbolchilarni Angliya terma jamoasi ustozi sifatida 102 ta o‘yinda maydonga boshlab tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar