18:38 / 16.07.2024
15

Kilian Mbappe: “Real” uchun borimni berishga tayyorman

Kilian Mbappe: “Real” uchun borimni berishga tayyorman
Kilian Mbappe “Real” tarixiga kirmoqchi ekanligini ta’kidladi. Bugun “Santiago Bernabeu” stadionida Mbappening “Real” futbolchisi sifatida taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Fransuz ispan tilida nutq so‘zladi.

Ajoyib kun. Bolaligimdanoq mening birgina orzuim bor edi, mana shu yerda turganim juda katta ahamiyatga ega.

Meni bu yerga yillar davomida chorlab turgan “Real” muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Endi yana bitta orzuim qoldi — klub tarixidan joy olish. Ushbu klubga borimni berishga tayyorman.

Bolalarga aytar so‘zim bor. Orzular va maqsad evaziga istagan narsangizga erishishingiz mumkin.

Men o‘z orzuimni ro‘yobga chiqarib, futbol tarixidagi eng yaxshi klub safiga o‘tganimdan faxrlanaman. Ko‘z yoshlarimni tiya olamanmi-yo‘qmi, bilmayman. Ana endi hammamiz birgalikda: bir, ikki, uch, “Olg‘a Madrid!
”, — deydi hujumchi.

Kilian Mbappe “Real” safida 9-raqam ostida to‘p suradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kilian Mbappe: “Real” uchun borimni berishga tayyorman