11:58 / 17.07.2024
102

“Real” yana bitta “bomba transfer” tayyorlayapti

“Real” yana bitta “bomba transfer” tayyorlayapti
“Qirollik klubi” shundoq ham qudratli tarkibni yanada kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Endi madridliklar “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar bo‘lgan “Manchester Siti” yetakchisi Rodri Ernandesni olib kelmoqchi. Bu haqda Todofichajes nashri xabar tarqatdi.

“Real” rahbariyati yaqinda Germaniyada o‘tkazilgan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan yarim himoyachi transferi bo‘yicha ish boshlash arafasida.

Jamoaning tajribali futbolchisi Dani Karvaxal Rodrini Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinayotgan aytilmoqda.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Rodri 120 million yevroga baholanmoqda. Manchesterliklar klub bilan shartnoma orqali 2027 yilning yarmigacha bog‘langan o‘yinchini mo‘may daromad evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.

Qolarvesa, “shaharliklar” tarkibda Rodrining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yangi o‘yinchilarni qidirish ishlarini boshlab yubordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” yana bitta “bomba transfer” tayyorlayapti