Foto: "Dunyo" AA
Poytaxtdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasining "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga ishtiroki oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tadbirda sport vaziri Adham Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Ravshan Ermatov, Saken Po‘latov, Aziz Komilov va Sherzod Toshmatov, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Vazir Adham Ikramov anjumanni ochib berar ekan, o‘zbek sporti tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan 75 ta yo‘llanma qo‘lga kiritilganini, qolaversa, delegatsiya futbol, ayollar kurashi, suvga sakrash va kamondan otish dasturlarida debyut qilishini bildirdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi sport federatsiya va assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda ulkan ish olib borilgani, buning natijasida tayyorgarlik sikli yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlangani haqida to‘xtaldi. Shuningdek, u Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va O‘yinlarning tashkiliy qo‘mitasi bilan muntazam ravishda aloqa yo‘lga qo‘yilgani, delegatsiya a’zolari, sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini qo‘shimcha qildi.
O‘z navbatida, Ravshan Ermatov futbolchilar tayyorgarligi, rejalar xususida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Saken Po‘latov boks, Aziz Komilov dzyudo misolida sportchilar tayyorgarligi yakuniy pallaga kirgani, barcha jamoalarimizdan yuqori natijalar kutilayotgani xususida gapirib o‘tishdi.
Iyun oyida o‘tgan erkin kurash bo‘yicha Budapesht gran-prisining oltin medal sohibi Razambek Jamolov Bekzod Abdurahmonovning o‘rniga bo‘lajak Olimpiadada -74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi