17:14 / 18.07.2024
203

Parij—2024. Osiyoda tengsiz O‘zbekiston boks terma jamoasi

Parij—2024. Osiyoda tengsiz O‘zbekiston boks terma jamoasi
Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga roppa-rosa 8 kun qoldi. Quyida boks bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Erkaklar:

Hasanboy Do‘stmatov Ma’rufjon o‘g‘li 1993 yil 24 iyunda Andijonda tug‘ilgan. 2016 yil Braziliyada o‘tgan Olimpiada chempioni. Ikki karra jahon hamda 3 bora Osiyo chempioni.

Foto: “MOQ”
Abdumalik Halokov Anvar o‘g‘li 2000 yil 9 aprel kuni Buxoroda tug‘ilgan. Jahon va Osiyo chempioni va sovrindori, yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi.

Foto: Boks federatsiyasi
Ruslan Abdullayev 2002 yil Qoraqalpog‘iston respublikasi, Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Jahon chempioni (2023), Osiyo chempioni (2022), O‘zbekiston chempioni (2021), havaskorlar o‘rtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining ko‘p karra g‘olibi.

Foto: IBA
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Zohiddinxo‘jayevich 2001 yil 8 may kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2023 yil o‘tkazilgan jahon chempionati oltin medali sohibi va 2022 yilda Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tgan havaskor boks bo‘yicha Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori.

Foto: IBA
To‘rabek Habibullayev Shukrillo o‘g‘li 2004 yil 9 aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2022 yili o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Lazizbek Mullajonov Hasanjon o‘g‘li 1999 yil 13 may kuni Farg‘onada tug‘ilgan. Jahon chempionati bronza medali hamda Osiyo chempionati oltin medal sohibi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Bahodir Jalolov Isomiddin o‘g‘li 1994 yil 8 iyul kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2020 yilda Tokioda o‘tkazilgan Olimpiada chempioni, bir necha bor Osiyo hamda jahon chempioni.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-66 kg: Navbahor Hamidova

O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi jahonda litsenziya yig‘ish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turibdi. Terma jamoa 4 yillikning nufuzli turniriga 11 ta vazn toifasida ishtirok etadi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston termasi Osiyo qit’asida birinchilikni qayd etdi.

Markaziy Osiyoda boks bo‘yicha Olimpiadaga yo‘llanma yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:

O‘zbekiston — 11 ta
Qozog‘iston — 10 ta
Tojikiston — 3 ta
Qirg‘iziston —1 ta
Turkmaniston — 0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Osiyoda tengsiz O‘zbekiston boks terma jamoasi