“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlaxovich A Seriya o‘yinchilari orasida eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Bu haqda Capology moliviya portali e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, serbiyalik hujumchi Turin superklubidan har mavsum uchun 22,2 million yevro miqdorida xizmat haqi oladi.
Keyingi o‘rinda “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen joylashgan. Nigeriyalik hujumchi serbiyalik hamkasbidan deyarli ikki baravar kam maoshga to‘p tepmoqda. Neapolliklar afrikalik o‘yinchi xizmatini yiliga 12,8 million yevroga baholamoqda.
Katta maosh olayotganlar kuchli uchligini amaldagi chempion – “Inter” yarim himoyachisi Nikola Barella yakunlab berdi. Portalga ko‘ra, bu o‘yinchi bir mavsumda 12,4 million yevro maosh olmoqda.
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning yillik maoshi Italiya miqyosida olib qaraganda juda ham kam hisoblanmaydi. Bir necha manbalar poytaxt klubi o‘zbekistonlik forvardga yiliga 2 million yevro atrofida maosh to‘lashi haqida yozadi.
Qolaversa, “Roma” Shomurodovni boshqa klublarga ijaraga berishida hamyurtimizning maoshi da’vogar jamoalarga biroz og‘irlik qilishi ham bor gap. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari