O‘zbekiston terma jamoasi o‘zbek futboli tarixida o‘zi uchun yana bir yirik musobaqani ochdi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan va Eldor Shomurodov, Oston O‘runov hamda Husniddin Aliqulov bilan kuchaytirilgan terma jamoamiz Olimpiya o‘yinlarida birinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Garchi hamyurtlarimiz Yevropaning amaldagi vitse-chempioni va o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Ispaniya terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, futbolchilarimiz raqib bilan tengma-teng kurashgani, shiddatli o‘yin ko‘rsatgani ko‘plab muxlisu mutaxassislarga manzur bo‘ldi.
Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqasi guruh bahslarining birinchi turi natijalarini tahlil qilish davom etmoqda.
Italiya
- Ispaniya terma jamoasi O‘zbekiston olimpiyachilarini mag‘lub etishi oson bo‘lgani yo‘q. Marko Pubilning goliga “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov penaltini aniq bajarib, javob qaytardi va hisobni tenglashtiri.
Biroq 11 metrlik belgidan gol urolmagan Serxio Gomes oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan xatosini to‘g‘rilab, g‘alaba to‘pini kiritdi. Bu golga “Bolonya”ning yangi o‘yinchisi Xuan Miranda ajoyib pas uzatib berdi.
Italiya chempionati vakillaridan yaqindagina A Seriyaga chiqqan “Parma” futbolchisi Bernabe Ispaniya terma jamoasi murabbiylari tomonidan 76-daqiqada maydonga tushirildi, - deb yozmoqda tuttomercatoweb.com sayti.
Fransiya
- Bu Abduqodir Husanov va O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlaridagi debyut bellashuv bo‘ldi. Osiyo saralash turniridan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoa Parij Olimpiadasidagi futbol turniri ochilishida Ispaniya bilan to‘qnashdi.
“Lans” himoyachisi ilk daqiqalardan o‘ynagan uchrashuvda o‘zbekistonliklar 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Dastlab, penaltidan hisobni tenglashtirishni uddalagan o‘zbeklar ikkinchi bo‘limda yana gol o‘tkazib yubordi. Bu mag‘lubiyatdan dalolat edi.
Endi boshni baland ko‘taradigan payt keldi. O‘zbekiston 27 iyul kuni Misr terma jamoasi bilan ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Kvartetdagi so‘nggi bellashuv 30 iyulda Dominikan Respublikasi futbolchilari bilan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar pley-offga yo‘llanma oladi, - deb yozdi lensois.com sayti.
Rossiya
- O‘zbekiston va Ispaniya Fransiyaning eng katta stadionlaridan “Park de Prens”da Olimpiadaning oltin medali uchun yurishni boshlab berish sharafiga muyassar bo‘ldi. Ispaniya safida amaldagi Yevropa chempioni Fermin Lopes, “Barselona” a’zolari Pau Kubarsi va Erik Garsiya asosiy yulduzlar sanaladi.
Ispaniya birinchi xavfli vaziyatdanoq gol urdi. Ruisning uzatmasini Pubil darvozaga joylab qo‘ydi. O‘zbeklarda hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar bo‘ldi. Biroq javob goli penaltidan kiritildi. Pau Kubarsi o‘z jarima maydonchasida Hamraliyevni yiqitdi. 11 metrlik belgidan Eldor Shomurodov adashmadi. O‘zbekiston Olimpiadalardagi ilk golini urdi.
57-daqiqada endi o‘zbeklar darvozasiga penalti belgilandi. Darvozabon Abduvohid Ne’matov Gomesning zarbasini oyog‘i bilan qaytarib qoldi. Lekin ikki daqiqadan keyin “Manchester Siti”da o‘ynagan tajribali futbolchi hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.
O‘zbekiston Eldor Shomurodov, Husniddin Aliqulov va Abbosbek Fayzullayev harakatlari evaziga mag‘lubiyatdan qutilishga harakat qilib ko‘rdi. Ispanlar ikkinchi goldan keyin birorta xavfli vaziyat yarata olmadi. O‘zbeklar ularni himoyaga qamab qo‘ydi.
O‘zbek futbolchilari raqibga qaraganda yaxshiroq o‘ynadi, golga yaqin keldi, mashhur futbolchilarni vaqt cho‘zishga majbur qilib qo‘ydi. Lekin ularga hisobni tenglashtirish nasib qilmadi. Garchi O‘zbekiston mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanini ko‘rsatdi, - deb yozmoqda sport-express.ru sayti.
Qozog‘iston
- Olimpiya o‘yinlari. “Parij-2024”. Futbol. O‘zbekiston — Ispaniya — 1:2.
Birodarlarimiz – o‘zbeklar o‘z sha’nlarini munosib himoya qila oldi. Ular katta jasorat va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni ko‘rsata oldi. O‘zbekistonliklarning o‘yini ispaniyaliklarnikiga qaraganda mazmunliroq chiqdi.
Tabriklayman. O‘zbek birodarlarimiz Olimpiya o‘yinlarida tarix yaratdi. Ular musobaqadagi birinchi golini urdi, katta muvaffaqiyat qozondi, - deb yozdi qozog‘istonlik sporti jurnalist Nurg‘ozi Sasayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi