17:50 / 25.07.2024
136

Parij—2024. Janubiy Koreyalik kamonchi jahon rekordini o‘rnatdi

Parij—2024. Janubiy Koreyalik kamonchi jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images
Bugun, 25 iyul kuni Parij Olimpiadasida kamondan o‘q otish musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Janubiy koreyalik sportchi Si Xyon Lim Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida kamondan otish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

Saralash bosqichida kamonchi 72 zarbada 694 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Avvalgi jahon rekordi uning hamyurti Kan Chje Yonga (692) tegishli bo‘lib, u bu natijani 2019 yili qayd etgan edi.

Ushbu bahslarda o‘zbekistonlik Ziyodaxon Abdusattorova ham ishtirok etdi. O‘zbekistonlik kamonchi 649 ochko to‘plab, o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Foto: Olympic
Endi u 31 iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada chexiyalik Marie Xorachkova raqiblik qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Janubiy Koreyalik kamonchi jahon rekordini o‘rnatdi