20:29 / 25.07.2024
178

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini natijasi muxlislar ruhini tushirmadi

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini natijasi muxlislar ruhini tushirmadi
24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini yakunlari haqida tarmoqlarda favqulodda ko‘tarinki izohlar qoldirilmoqda. Olimpiada doirasidagi ilk o‘yin o‘zbekistonliklarni bir maqsad ostida birlashtirdi.

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan futbolchilarimiz kuchli raqib Ispaniyaga qarshi to‘p surar ekan, ularni stadionda yuzlab, butun dunyo bo‘ylab teleefirlar orqali millionlab vatandoshlarimiz tomosha qildi.

Munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Ayrim vaziyatlarda ispanlardan ham yaxshi o‘ynashdi”, deb yozmoqda Instagram foydalanuvchisi Doniyor Xadiyev.

Doim terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutar edik, o‘sha kunlar keldi. Yutqazdik, lekin ispanlardan yaxshi o‘ynadik. Keyingi o‘yinlarda ham eng kami shunday o‘yin ko‘rsatishlariga umid qilamiz”, degan boshqa bir internet yuzeri ibozaroff.

Bunday mazmundagi izohlar bir-biriga ulanib bormoqda. Muxlislardan biri “yuta olmasak ham, qalban birgamiz” degan ma’noda izoh qoldirgan.

Olimpiadaga yo‘l olgan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uzbekistan's Club tashabbusi hamda kreativ sanoatning yorqin namoyandalari, ijtimoiy mas’uliyatli yirik kompaniyalar, xususan, Ucell, UzAutoMotors, “Kapitalbank”, Uzbekistan Airways hamda Yoshlar tashabbuslari markazi hamkorligida o‘tkazib kelayotgan #qonimdagalaba umummilliy kampaniyasi shunday ko‘tarinkilikka hissa qo‘shdi.

O‘yingacha bo‘lgan qariyb bir oy davomida Olimpiya terma jamoasining rasmiy madhiyasi bo‘lgan “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” qo‘shig‘iga mingdan ortiq videokliplar ishlanib, tarmoqqa joylandi. “O‘zbekiston – iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati” degan g‘oyani ilgari surayotgan Uzbekistan's Club uchun Olimpiya termamiz doimo yuksaklikka, g‘alabaga intilishning timsolidir. Klub o‘zi tashkil qilayotgan chellenj orqali barcha o‘zbekistonliklarni shunday qahramonlarimizni munosib qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

#qonimdagalaba umummilliy kampaniyasi doirasida O‘zbekiston-Ispaniya o‘yinini tomosha qilish uchun mamlakatning eng mashhur bloger va inflyuyenserlari Park de Prens stadioniga borgan. Instagram tarmog‘ida kuchli jamoaga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatgan o‘zbekistonlik futbolchilar hamda ularga muxlislik qilgan kreativ sanoat vakillari asosiy mavzuga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini natijasi muxlislar ruhini tushirmadi