
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xoser Gvardirolaning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Pepning o‘zi ketish onlari tobora yaqinlashib borayotgani va hali bir qarorga kelmaganini aytdi.
“Shaharliklar” hozirdan Gvardiolaga o‘rinbosar qidirishga tushdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardioladan keyin jamoani Mikel Artetaga topshirmoqchi. Bu haqda Goal nashri axborot berdi.
Arteta keyingi mavsumlarda “Arsenal”ni o‘rtamiyona darajadan chempionlik uchun kurashishga qodir jamoaga aylantira oldi. Qolaversa, ispaniyalik mutaxassisga “Manchester Siti” begona emas.
Arteta Gvardiolaning shogirdi hisoblanadi va bir necha mavsum “shaharliklar” jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar