10:54 / 31.07.2024
151

Parij—2024. Futbol bo‘yicha chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar aniq bo‘ldi

Parij—2024. Futbol bo‘yicha chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar aniq bo‘ldi
Foto: Olympic
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida futbol musobaqasida guruh bosqichi yakuniga yetdi.

A guruhida mezbon Fransiya Yangi Zelandiyani yirik hisobda yengib, 100 foizlik natija qayd etdi. AQSH Gvineyaga darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, 2-o‘rinni egalladi.
  • Yangi Zelandiya — Fransiya 0:3
  • AQSH — Gvineya 3:0


Foto: Olympic
Uchinchi turda Marokash Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi, Argentina Ukrainadan ustun kelib pley-offga yo‘llanma oldi. Ukraina va Iroq 3 ochko bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
  • Marokash — Iroq 3:0
  • Ukraina — Argentina 0:2


Foto: Olympic
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi guruh bosqich 3-turida turnir tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Temur Kapadze jamoasi dastlabki ikki turda Ispaniya (1:2) va Misrga (0:1) mag‘lub bo‘lib, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotgandi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda esa Ispaniya Misrga yutqazdi va guruhda 2-o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.
  • Dominikan Respublikasi — O‘zbekiston 1:1
  • Ispaniya — Misr 1:2


Foto: Olympic
D guruhida Paragvay Malini minimal hisobda mag‘lub etib, ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak final masalasini ikkinchi turda hal qilgan Yaponiya Isroildan ustun keldi.

Shu tariqa 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi:
  • Fransiya — Argentina;
  • Yaponiya — Ispaniya;
  • Marokash — AQSH;
  • Misr — Paragvay.

Uchrashuvlar 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Futbol bo‘yicha chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar aniq bo‘ldi