65
"Andijon"ning serbiyalik legioneri: "Bu jamoada to‘p surish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman"
“Andijon” yozgi seleksiya chog‘ida tarkibini bir qator yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirdi. Ularning orasida serbiyalik 31 yoshli himoyachi Lyubisha Petsel ham bor. U “Andijon” matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi.
- Lyubisha, “Andijon” klubiga xush kelibsiz. Bu taklifni eshitganingizda nimalarni o‘yladingiz?
- Rahmat, “Andijon” klubida to‘p surish men uchun yangi sinovdir. Bu jamoada o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman. Bu menga katta tajriba bo‘ladi, deb o‘ylayman.
- Ushbu taklifni qabul qilishingizda asosiy sabab nima?
- Men haqiqatda xursandman. Serbiyadan Osiyodagi milliy chempionatga kelganimdan mamnunman. O‘zimni shu yerda namoyish qilmoqchiman.
- Siz ilk bor O‘zbekiston chempionatiga keldingiz. Bu yerda esa serbiyalik futbolchilar bisyor. Chempionatimiz haqida nimalarni bilasiz?
- Ha, bu yerda serbiyalik ko‘plab futbolchilar o‘ynashidan xabarim bor. Men uchun esa bu yerda hozir hammasi yangi. Aytish joizki, chempionatingizning saviyasi menda iliq taassurot qoldirdi va chempionatingiz saviyasi yaxshi ekanligini eshitdim.
- “Andijon” tarkibida hamyurtingiz Vladimir Bubanya to‘p suryapti. U haqida oldin ham bilarmidingiz?
- Men shunday murabbiy bilan ishlashdan va Vladimir Bubanya bilan birga to‘p surishdan juda xursandman. Murabbiylardan minnatdorman. Ular Vladimir bilan birgalikda o‘ynashim uchun imkon berishmoqchi. Ha, u haqida eshitganman, lekin hech qachon birga o‘ynab ko‘rish nasib qilmagandi. Endi esa shunday imkoniyatga egaman.
- Andijonlik muxlislar juda talabchan va faol. Ular O‘zbekistonda birinchi raqamli va sizlardan umidi katta...
- Muxlislar haqida instagram va yutub kanallari orqali ma’lumot oldim. Ular serbiyalik ishqibozlarga juda o‘xshashar ekan. Shuni bilamanki, ular biz futbolchilarga o‘z o‘yinimizni yaxshi namoyish etish uchun katta yordam berishadi. Shunday jonkuyar va fidoyi ishqibozlar ko‘magida to‘p surishimdan juda xursandman.
- Yangi jamoangizdagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?
- Bu yerda hammasi men uchun yangi. Chunki uchib kelganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Murabbiylar va o‘yinchilar meni xuddi eski qadrdonini qarshi olishganidek kutib oldilar. Buning uchun barchasiga katta rahmat!
- “Andijon” bilan nimaga erishishni maqsad qilyapsiz?
- Bizda Kubokni yutish uchun yaxshi imkon yuzaga kelgan va bundan foydalanib qolishga harakat qilamiz.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar