Britaniyalik jurnalist Teylor O‘Higgins Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi bokschisi Abdullayevning jangi natijasidan norozi bo‘ldi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Vazni 63,5 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar yarim finali uchun kechgan jangda Abdullayev kanadalik Uaytt Senfordga yutqazib qo‘ydi – 1:4. Hakamlar faqatgina birinchi raundda o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasini e’tirof etdi.
“Abdullayev—Senford jangidagi ochkolar hisoblanishi mutlaqo kulgili hol. O‘zbekistonlik dastlabki ikki raundda yaqqol yetakchilik qildi, biroq uchinchi raundga kelib kuchlar tenglashdi, unda Senford yaxshiroq ko‘rindi va natijada g‘alabani “yulib” oldi.
Men bu sportni tark etaman. Bu mening havaskor boksdagi so‘nggi yilim bo‘ladi. Sarmoya kiritishga arzimaydigan juda ko‘p bema’niliklar sodir bo‘lmoqda”, deb yozdi g‘azablangan O‘Higgins.
Eslatib o‘tamiz, 1/2 finalga chiqqani evaziga Uaytt Senford 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida medal kafolatladi: sportchi mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham bronza oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi