20:53 / 02.08.2024
108

Parij—2024. Alisher Yusupov — bronza medali sohibi

Parij—2024. Alisher Yusupov — bronza medali sohibi
Parij Olimpiadasi o‘yinlarida dzyudo bahslari davom etmoqda.

+100 kg vaznda Alisher Yusupov janubiy yaponiyalik Tatsuro Saitoniga qarshi tatamiga chiqdi. Yusupov raqibini mag‘lub etdi va bronza medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alisher o‘tish bosqichidan erkin o‘tgandi. Chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan gruziyalik Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani bois o‘zbekistonlik dzyudochi to‘g‘ridan to‘g‘ri bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

Yusupov Osaka—2019 dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turniri musobaqasining +100 kg toifasida bronza medali sovrindori bo‘lgan.

2023 yil BAA da bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining yakkalik bahslarida Alisher Yusupov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Sportchi 1998 yil 2 dekabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U jahon reytingida 9-o‘rinda qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Alisher Yusupov — bronza medali sohibi