21:34 / 02.08.2024
180

Alisher Yusupovning medalidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda?

Alisher Yusupovning medalidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda?
Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Alisher Yusupov bronza medal uchun kechgan bahsda yaponiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 3 taga yetdi (1 ta oltin, 2 ta bronza). Umumjamoa hisobida esa hamon Xitoy xalq respublikasi peshqadam bo‘lib turibdi. Ular hisobida 13 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medal mavjud. Kuchli uchlikdan AQSH va Buyuk Britaniya joy olgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi esa qo‘shni Qozog‘istonga yetib oldi va Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda 25-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Yusupovning medalidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda?