08:11 / 04.08.2024
50

“Barselona” o‘rtoqlik o‘yinida “Real”ni mag‘lub etdi

“Barselona” o‘rtoqlik o‘yinida “Real”ni mag‘lub etdi
Ispaniyaning ikki grandi “Real” va “Barselona” jamoalari 4 avgust tongida o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Mavsum boshlanishiga tayyorgarlik maqsadida o‘tkazilgan o‘yinning birinchi bo‘limi oxirida kataloniyaliklar futbolchisi Pau Viktor hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida madridliklar kichik ustunlik bilan boshladi. Biroq 54-daqiqaga kelib, yana “ko‘k-anorranglilar”, yana Pau Viktor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

82-daqiqada Madrid klubi a’zosi Niko Paz hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv “Barselona”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
4 avgust, yakshanba

“Real” — “Barselona” 1:2
Gollar
: 0:1 – 42 Viktor, 0:2 – 54 Viktor, 1:2 – 82 Paz.

“Real Madrid”: Kurtua, Fran Garsiya (Obrador, 68), Ryudiger (Ramon, 68), Militao (Martinez Lozano, 57), Vaskes, Sebalos (Aguado Herrera, 77), Martin, Modrich, Braim Dias (Vinisius Junior, 57), Gyuler, Endrik (Paz, 68).
“Barselona”: ter Stegen (Penya, 65), Balde (Martín Langreo, 46), Martines (Faye, 65), Kristensen (Dominguez Viloria, 46), Vale (Fort, 65), Bernal Kasas (Gyundogan, 77), Kasado (Darvish, 77), Ernandes (Xunent, 46), Torre (Fernandez Kasino, 64), Viktor (Rafinya, 65), Levandovski (Roke, 77).
Ogohlantirishlar: Bernal Kasas (67), Martin (76), Ramon (90), Fernandez Kasino (90+2).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” o‘rtoqlik o‘yinida “Real”ni mag‘lub etdi