Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlev 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida gender testidan o‘ta olmagan raqiblarga qarshi ringga chiqishga majbur bo‘lgan sportchilarni mukofotlashga qaror qildi.
Foto: “Tass”
Bayonotda assotsiatsiya Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi vaziyatdan noroziligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, gender testidan o‘ta olmagan sportchilarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat berish sport obro‘siga jiddiy putur yetkazadi va sportchilarga nisbatan hurmatsizlik belgisidir, deb yozadi “TASS”.
“IBA har bir sportchini himoya qiladi. Tashkilot Olimpiada bahslarida shunday sportchilarga mag‘lubiyatga uchragan sportchilarni xuddi birinchi o‘rinni olgan bokschilardek mukofotlaydi. Biz hammani gender diskriminatsiyasidan himoya qilamiz.
Hozir Olimpiada o‘yinlarida ro‘y berayotgan voqealar barcha zamonlar uchun sharmandalik, sportchilar XOQ rahbariyatining uquvsizligi tufayli zarar ko‘rmoqda, halol raqobatning yo‘qligi sabab o‘z faoliyatini yakunlamoqda”, deya qo‘shimcha qildi Kremlyov.
Avvalroq Kremlyov Olimpiada g‘oliblariga 100 ming AQSH dollari (50 ming sportchining o‘ziga, 25 ming murabbiyiga, 25 ming mamlakat boks federatsiyasiga), kumush medal egalari 50 ming hamda bronza medali uchun 25 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti berilishini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, italiyalik bokschi Anjela Karinining Parijdagi Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki avvalroq gender testidan o‘ta olmagan jazoirlik Iman Helif bilan jangda olgan jarohati tufayli erta yakunlangandi.
-57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi bokschisi, 2 karra jahon chempioni Lin Yu Tinga qarshi ringga ko‘tarildi va hakamlar qaroriga ko‘ra ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida gender tekshiruvidan o‘tmagan jazoirlik va tayvanlik bokschilar Iman Helif va Lin Yutin Parijdagi Olimpiadada ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi