"Parij-2024" Olimpiadasi doirasidagi futbol bahslari ham o‘z yakuniga yetib bormoqda. Biroz avval yarim final bellashuvlari nihoyasiga yetdi.
Yarim finalning birinchi bahsida Marokash va Ispaniya jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Avvaliga 37-daqiqada marokashlik futbolchi Rahimi o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Tanaffusga mag‘lubiyat bilan yo‘l olgan Ispaniya ikkinchi bo‘limda o‘yin taqdirini hal qildi.
Uchrashuvning 65-daqiqasida Marokash himoyachilari bir-birlarini tushuna olishmadi va bu vaziyatdan raqib jamoa futbolchisi Fermin Lopes unumli foydalangan holda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 20 daqiqa o‘tganidan so‘ng Ispaniyaning ilk goli muallifi Fermin jamoadoshi Sanchesga ajoyib uzatmani amalga oshirdi va jamoaning ikkinchi goliga sababchi bo‘ldi.
Final yo‘llanmasini beruvchi ikkinchi uchrashuvda mezbon Fransiya Misr jamoasini qabul qildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlangan ushbu bahsda fransuzlar haqli ravishda keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Dastavval, uchrashuvning 62-daqiqasida Saber misrliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, ketma-ket xavfli hujumlardan so‘ng bellashuvning 83 va 99-daqiqasidagi Matetaning goli Fransiya muxlislari joniga oro kirdi. Qo‘shimcha taymlarning 108-daqiqasida Olise o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va oradagi farqni yiriklashtirdi 3:1.
Shu tariqa ajoyib kambek amalga oshirgan Ispaniya va Fransiya finalga, alamli mag‘lubiyatga uchragan Afrika jamoalari Marokash va Misr esa bronza medali uchun kechadigan bahsga yo‘l olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”