date
views 346

Ajoyib yakun: kurash afsonasi o‘zining beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi va faoliyatini yakunladi

Ajoyib yakun: kurash afsonasi o‘zining beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi va faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images
Mixain Lopes ketma-ket beshinchi bor Olimpiadada g‘olibi bo‘ldi. Sportchi ilk bor 2004 yilda Olimpiadada qatnashgan.

Asr voqeasi 6 avgustga to‘g‘ri keldi. Parijdagi Olimpiadada og‘ir vazn toifasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha 130 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Lopesning raqibi chililik Yasmani Fernandes bo‘ldi.
Jangning birinchi davri yakuniga ko‘ra, Mixain 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida Lopes yana bir nechta samarali harakatlarni amalga oshirdi. Yakuniy hisob 6:0.

Foto: Getty Images
Kubalik sportchi Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020da ham xuddi shu vaznda oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Sportchi hozirda 41 yoshda. Lopes individual ko‘rinishda ketma-ket 5 ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan tarixdagi birinchi sportchi bo‘ldi.

Jang tugaganidan so‘ng Lopes gilamda kurash poyabzalini yechdi va faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ajoyib yakun: kurash afsonasi o‘zining beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi va faoliyatini yakunladi