Parij Olimpiadasida taekvondo uchrashuvlari boshlandi. O‘zbekistonlik sportchi Ulug‘bek Rashitov nimchorak final doirasida Gonkong vakili Lo Vay Fungga qarshi bahs olib bordi.
Hamyurtimiz bilan kurashish uchun Lo Vay Fung ilk davra bosqichida qochqinlar jamoasi vakili Yaxya Al Gotanini 2:0 (14:0, 16:4) hisobida taslim etishi kerak bo‘ldi.
Ulug‘bek gongkonlik raqibini birinchi bo‘limda 12:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘lim ham to‘liq Ulug‘bek ustunligida o‘tdi va yakunda o‘zbekistonlik sportchi chorak finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek ushbu bahslarda birinchi raqamli etib saralangan.
Ulug‘bek Rashitov 2002 yil 23 martda tug‘ilgan. Murabbiyi—Xan Pavel. Tajribali o‘zbek taekvondochisi Tokio Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi. 2023 yil Bokuda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”