Foto: Olympic
Qozog‘istonlik jurnalist O‘zbekistondan tashrif buyurgan murabbiy Sardor Nodirov bilan suhbatlashdi va Olimpiadaga tayyorgarlik, tarkib borasida savollar berdi. Ushbu suhbatni Bakit Orazov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida chop etdi.
—O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sizni tabriklashga ijozat bering.
—Rahmat!
—Ayrim sport turlarida natijalaringiz kamtarona bo‘ldi.
—Bu bizni xafa qilmaydi. Umid qilamanki, kelajakda bu sport turlarida ham yaxshi natija qayd etamiz.
—Menda bir savol bor. Nega O‘zbekiston terma jamoasida mahalliylashtirilgan sportchilar yo‘q? Masalan, Qozog‘istondan o‘rnak olishingiz mumkin. Bizda Keniyadan sportchi bor, Rossiyadan tennischilarimiz bor. Siz ham shunday qilishingiz mumkin edi.
—Nima uchun?! Bizga bu kerak emas. Biz undan ko‘ra o‘z sportchilarimizni rivojlantirish bo‘yicha yaxshiroq ishlaymiz.
—Ammo mahalliylashtirish orqali Olimpiadada ko‘proq oltin medal olishingiz mumkin edi.
—Hamma ustimizdan kuladigan bunday muvaffaqiyat bizga nima uchun kerak?
—Nega kulishadi?
—Chunki bu o‘zbek sportining yutug‘i emasligini hamma yaxshi tushunadi. Chet ellik sportchini sotib olish uchun aqlli bo‘lish shart emas. O‘z chempioningizni yetishtirish uchun esa harakat qilishingiz kerak. Ammo bu g‘alaba butunlay boshqacha zavq beradi. Do‘kondan medal sotib olish boshqa, adolatli kurashda uni yutish boshqa narsa.
—Qozog‘iston tajribasi sizga mos emas deb o‘ylaysizmi?
— Bizda vatanparvarlik tushunchasi turlicha. Qozog‘iston uchun butun dunyo nazarida bo‘lish muhim. Biz uchun eng avvalo o‘z xalqimizni hayratlantirish muhimroq.
Foto: Getty Images
Ushbu suhbat ostida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zbek murabbiyi va O‘zbekiston sportining rivojlanish yo‘li e’tirof etildi.
Masalan Bakit Orazov shunday deydi:
“Qo‘shnilar bir-birlarining rivojlanishi yordam beradi. O‘ylaymanki, qo‘shnilarimizdan o‘rganadigan ko‘p narsa bor. Ular oqilona va chuqur o‘ylangan yondashuvlarni yaratdi”.
Amirxon To‘rayev:
“Yaxshi aytilibdi. Bu chinakam vatanga muhabbat, chinakam vatanparvarlikdir”.
Olga Luchinovskaya:
“Aqlli va dono murabbiy! Masalan, Yevropaning ayrim terma jamoalarida ko‘pchilik futbolchilar Afrika yoki Janubiy Amerikadan”.
Rayxan Sattorova:
“100 foiz qo‘shilaman. Vatanparvarlik tushunchasi turlichaligi to‘g‘ri. Ularning yo‘li to‘g‘ri va aniq, barakalla”.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Parij Olimpiadasida 3 ta oltin medal va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi va Tokio Olimpiadasidagi natijasini yaxshilash uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?