
Bugun, 9 avgust kungi kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan o‘zbekistonlik erkin kurashchilar soni yana bittaga ortdi.
-86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Javrail Shapiyev o‘tish bosqichida kanadalik Aleks Murni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi endi kechki dasturda bronza medali uchun amerikalik Aron Bruksga qarshi gilamga chiqadi.
Ma’lumot uchun, Javrail Shapiyev 1997 yil 20 aprelda Dog‘istonda tug‘ilgan. 2017 yildan beri O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar