824
Olimpiadadagi sharoitdan noligan qirg‘iz sportchilariga Japarov javob qaytardi: “Yomonlamang, rahmat ayting!”
Foto: “24.kg”
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Olimpiya o‘yinlaridagi shart-sharoitlardan noligan qirg‘iz sportchilarining tanqidlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.
Prezident ijtimoiy tarmoqlarda qirg‘izistonlik sportchilarning Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bilan bog‘liq tanqidiy xabarlarga shaxsan munosabat bildirishni ma’qul ko‘rgan. Bu orqali sportchilarni tinchlantirish, asosiy diqqat-e’tiborni bahslarda g‘alaba qozonishga qaratish maqsad qilingan.
Japarov sportchilarni tanqidga berilmaslikka chaqirgan. Qirg‘iz sportchilari Parijga faqat g‘alaba uchun borgani, ikkilamchi masalalar e’tiborga molik emasligi aytilgan.
“Tanqidning ham chegarasi bo‘lishi kerak. Kichik narsadan katta kamchilik izlash va tinchlikni buzish shart emas. So‘nggi to‘rt yil davomida biz sportchilarga katta e’tibor qaratdik. Shuning uchun ham shunday natijalarga erishdik — hozirda arzigulik g‘alabalarimiz, medallarimiz bor. Biz minnatdor bo‘lishimiz kerak. Oldinlari musobaqalarda shunchaki ishtirok etgan bo‘lsak, endilikda kamida uchta Olimpiada medalini qo‘lga kiritish niyatimiz bor”, degan Sadir Japarov.
Qirg‘iziston rahbari Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkiliy ishlarda bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini ham aytib o‘tgan. Jumladan, jamoalarga psixolog va diyetolog mutaxassislar jalb qilinmagan. Bu esa ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqargan.
Prezidentning fikricha, agar sportchilarga tashkilotchilarning taomlari yoqmasa, ular o‘zlari ovqatlanishlari mumkin bo‘lgan. Hukumat bu uchun yetarlicha mablag‘ni sportchilarga ajratgan.
“Olimpiadaga 15-20 kun qolganda har bir sportchiga oziq-ovqat, vitamin, kiyim-kechak uchun 5 ming dollardan pul berildi. Biz ular o‘zlarini qulay his qilishlarini xohlagan edik”, degan Qirg‘iziston rahbari.
O‘z nutqida prezident so‘nggi yillarda Bishkek hukumati sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarni munosib darajaga ko‘targanini ham eslatib o‘tgan. Hukumat mablag‘ borasidagi muammolarni hal etgani, oqibatda sport tuzilmalari faoliyati keskin ijobiy tomonga o‘zgargani aytilgan.
“Avvallari sportchilarimiz yotoqxonada istiqomat qilgan bo‘lsa, endi ba’zilari shaxsiy uy-joy bilan ta’minlangan, boshqalari davlat hisobidan ijaraga uy-joy olishgan. Ilgari sportchilarimiz musobaqalar uchun budjetdan mablag‘ni o‘z vaqtida ololmay, qarz olib yurishardi”, degan Japarov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»