18:28 / 09.08.2024
371

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yil muddatga musobaqalardan chetlatildi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yil muddatga musobaqalardan chetlatildi
Foto: uzwf.uz
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sardor Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida taqiqlangan «Klenbuterol» moddasi borligi aniqlangan. Ushbu modda Butunjahon antidoping agentligi tomongidan 2024 yilgi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.

Sardor Lapasov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘olibi, kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida kumush medal sovrindori hisoblanadi.

UzNADA Lapasovning jazo muddati qachondan boshlangani va uning qaysi sovrinlari bekor qilinganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq o‘zbekistonlik 7 nafar og‘ir atletikachi doping sabab 4 yilga musobaqalardan chetlashtirilgandi. Ularning doping-sinamalarida S.1 – Anabolik steroid gormonlar guruhiga mansub metandiyenon, metasteron, testosteron, kanrenon kabi taqiqlangan moddalar aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yil muddatga musobaqalardan chetlatildi