Bokschilarimizdan Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov finallarda jang qilishadi. Jalolov ispaniyalik raqib, Xalokov qirg‘iz bokschisiga qarshi ringga ko‘tariladi. Shu bilan boks bahslariga yakun yasaladi.
00:40. 10 avgust. -57 kg: Abdumalik Xalokov – Munarbek Seyitbek uulu (Qirg‘iziston)
01:50. 10 avgust. +92 kg: Bahodir Jalolov - Ayyub Gadfa (Ispaniya).
Erkin kurashchimiz Razambek Jamolov kecha Tojikiston vakili Viktor Rassadindan ustun keldi va bugun, 10 avgust kungi finalda Yaponiya vakili Daichi Takataniga qarshi oltin medal uchun kurashadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta badiiy gimnastika jamoamiz ham final bahslarida ishtirok etadi. Qizlarimiz juma kuni saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishdi va finalga yo‘l olgan.
Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bahslariga kirishadi. U o‘zbekistonlik muxlislar oltin kutayotgan sportchilardan biri sanaladi. Akbar o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashiga va ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lishiga umid qilamiz.
Shuningdek, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich va Svetlana Osipovadan ham medal kutishga haqlimiz. Ular Ulug‘bek Rashitov singari muxlislarni xursand qilishlari mumkin.
Og‘ir atletikachimiz Rigina Adashboyeva, zamonaviy beshkurashda qatnashayotgan Alise Faxrutdinova, yengil atletikachimiz Shohrux Davlatov ham o‘z bahslarida delegatsiya hisobiga medal olib kelishga urinishadi.
Sportchilarimizga Olimpiadaning medallar o‘ynaladigan muhim kuni oldidan omad tilab qolamiz!
Sportchilarimizning ishtiroki vaqti:
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari