Parij-2024 boks bahslarining so‘nggi final uchrashuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa o‘rtasida bo‘lib o‘tgach, o‘zbekistonlik bokschi muhim qarorini rasman e’lon qildi.
Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgach, havaskor boksdan professionalga o‘tganini ma’lum qildi. U Olimpiadadagi so‘nggi jangidan keyin libosini yechib, ringda qoldirdi.
«InshaAlloh, profi boksda ham mutlaq jahon chempioni bo‘laman va barchaning ishonchini oqlayman», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi uchta Olimpiada – Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024da ishtirok etib, Yaponiya va Fransiyadagi turnirda ikki karra Olimpiya O‘yinlari g‘olibiga aylandi. U shuningdek, ikki karra jahon chempioni sanaladi.
Ma’lumot uchun, Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medal qo‘lga kiritib, ushbu sport turida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi