07:24 / 12.08.2024
364

Parij-2024: Yakuniy jadval, O‘zbekiston qahramonlari va avvalgi olimpiadalardagi natijalar

Parij-2024: Yakuniy jadval, O‘zbekiston qahramonlari va avvalgi olimpiadalardagi natijalar
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Parijda yozgi olimpiada o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi o‘yinlarni tarixiy natija bilan, 206 mamlakat orasida 13-o‘rinda yakunladi. Bu – Osiyo qit’asidagi to‘rtinchi, postsovet makoni, islom olami va turkiy dunyo miqyosida esa eng yaxshi natija.

O‘zbekiston hisobidagi 13 ta medaldan iborat jamg‘arma tarkibi – 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat bo‘ldi.

Bu galgi o‘yinlarda o‘zbek sporti qayd etgan muhim natijalar:
  • Tarixda ilk marta o‘zbekistonlik ayol sportchi Olimpiadaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
  • Erkaklar boksidagi 7 ta vazn toifasidan 5 tasida o‘zbekistonliklar chempion bo‘ldi.
  • Olimpiadalarda ilk bor o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta, tayekvondochilar esa 2 ta medalga sazovor bo‘ldi.
  • Delegatsiyaning birdaniga uch a’zosi olimpiya o‘yinlarining ikki karra chempioniga aylandi.
  • O‘zbek sporti Parij olimpiadasida sportning futbol, suvga sakrash, kamondan otish va ayollar kurashi turlari bo‘yicha debyut qildi.

Ta’kidlash kerak, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda olimpiadaga tayyorgarlik haqida to‘xtalar ekan, Parijda medallar bo‘yicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlar borligini qayd etgandi.

Yakuniy medallar jadvali

Parij olimpiadasining umumjamoa hisobidagi g‘olibi Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ldi: amerikaliklar 40 ta oltin, 44 ta kumush va 43 ta bronza (jami 126 ta medal)ni qo‘lga kiritdi. Xitoy ham 40 ta oltin qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, kumush medallar soni bo‘yicha AQSHdan ortda qoldi: 40 ta oltin, 27 ta kumush va 24 ta bronza (jami 91 ta medal). Uchinchi o‘rinni Yaponiya delegatsiyasi band qildi: 20 ta oltin, 12 ta kumush va 13 ta bronza (jami 45 ta medal).

O‘zbekistonlik sovrindorlar tarkibi

Oltin medal:

Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg)
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg)
Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg)
Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg)
Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg)
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg)
Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg)
Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)

Kumush medal:
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg)
Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)

Bronza medal:
Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, -100 kg)
Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg)
G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)

O‘zbekistonning yozgi olimpiadalardagi natijalari

2028 yilgi yozgi olimpiada AQSHning Los-Anjeles shahrida, 2032 yilgisi Avstraliyaning Brisban shahrida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij-2024: Yakuniy jadval, O‘zbekiston qahramonlari va avvalgi olimpiadalardagi natijalar