11 avgust, yakshanba kuni kechki payt Fransiya poytaxti shimolidagi «Stad de Frans» stadionida Parij Olimpiadasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 30 daraja issiqqa qaramay, to‘liq to‘lgan tribunalarga 71 500 tomoshabin keldi, tantanali marosim uchun 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan 200 dan ortiq davlatdan 9 ming nafar sportchi va yordamchi jamoalar arenaning o‘zida yig‘ildi. O‘zbekiston bayrog‘ini taekvondochi Ulug‘bek Rashitov olib o‘tdi.
Tashkilotchilar tomonidan «Rekordlar» deb atalgan marosim Fransiyaning asosiy shahriga qo‘shiq bag‘ishlash bilan boshlandi: Luvr yonidagi Tyuilri bog‘ida fransiyalik Zao de Sagazan va xor Sous le ciel de Paris («Parij osmoni ostida») qo‘shig‘ini ijro etishdi. Sport arenasi sahnasiga jami 100 dan ortiq ijrochilar, akrobatlar, raqqosalar va sirk artistlari chiqdi. Shou rejissyori Toma Jolli ta’kidlaganidek, uning maqsadi O‘yinlarning kelib chiqishi va kelajagiga sayohatdir.
Marosimning eng esda qolarli musiqiy chiqishlaridan biri pianinochi Alen Roshening vertikal osilgan royalda «Apollon madhiyasi»ni ijro etgani va uning chiqishi oxirida beshta olimpiya halqalari havoda yagona proyeksiyaga aylangani bo‘ldi.
Olimpiada bayrog‘ini Parij meri los-anjeleslik hamkasbiga topshirdi
Marosimda Parij meri Ann Hidalgo bayroqni los-anjeleslik hamkasbi Karen Bassga topshirdi. Kaliforniya poytaxti 2028 yilda navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Navbatdagi Olimpiada tashkilotchilari tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan yopilish marosimining ikkinchi qismi bosh qahramoni Hollivud yulduzi Tom Kruz bo‘ldi. 62 yoshli aktyor dramatik chiqishni amalga oshirdi, «Stad de Frans» tomidan arenaga tushib, Olimpiada bayrog‘ini ushlab, mototsiklga sakrab o‘tirdi. Keyin u tunda Parij bo‘ylab yurib, mototsiklda «Bajarish mumkin bo‘lmagan missiya» filmlari uslubida to‘g‘ridan to‘g‘ri samolyotga chiqdi.
Marosimda AQSH tomonidan musiqiy qismni qo‘shiqchi Billi Aylish, rep ijrochi va Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining asosiy ishtirokchisi Snup Dogg hamda Los-Anjelesning «tashrif qog‘ozi» - Red Hot Chili Peppers o‘z zimmasiga oldi.
Parijdagi Olimpiada natijalari
O‘zbekiston sport delegatsiyasi o‘yinlarni tarixiy natija bilan, 206 mamlakat orasida 13-o‘rinda yakunladi. Bu – Osiyo qit’asidagi to‘rtinchi, postsovet makoni, islom olami va turkiy dunyo miqyosida esa eng yaxshi natija. O‘zbekiston hisobidagi 13 ta medaldan iborat jamg‘arma tarkibi – 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat bo‘ldi.
Ukraina uchta oltin, beshta kumush va to‘rtta bronza medali bilan 22-o‘rinni egallab, mamlakatning so‘nggi 12 yildagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etdi. AQSH terma jamoasi Parij Olimpiadasining medallar jamg‘armasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unda 40 ta oltin, 44 ta kumush va 42 ta bronza medali bor. Musobaqaning so‘nggi kunida amerikaliklar Xitoyni mag‘lub etishdi - Xitoy terma jamoasida ham 40 ta oltin medal bor, ammo kumush va bronza ancha kam.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar