06:00 / 14.08.2024
961

Parij Olimpiadasi sovrindorlariga eng ko‘p pul to‘laydigan davlatlar ma’lum qilindi

Parij Olimpiadasi sovrindorlariga eng ko‘p pul to‘laydigan davlatlar ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
AQSH terma jamoasi Parij Olimpiadasida medallar soni bo‘yicha birinchi bo‘ldi, ammo mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarga to‘lanadigan mukofot puli bo‘yicha faqat uchinchi o‘rinni egalladi. Forbes rasmiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi va medal egalariga eng ko‘p pul to‘laydigan davlatlarni aniqladi.

Parij Olimpiadasida amerikaliklar 126 marta shohsupaga ko‘tarildi (40 oltin, 44 kumush, 42 bronza). AQSH Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarga boshqa grantlar va imtiyozlar bilan bir qatorda, oltin medal uchun 37,5 ming dollar, kumush medal uchun 22,5 ming dollar va bronza medali uchun 15 ming dollar to‘laydi. AQSH olimpiyachilari individual yoki jamoa tarkibida g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, bir xil miqdorda mukofot oladi. Umumiy hisobda AQSH Olimpiya qo‘mitasi Olimpiada sovrindorlariga 8,3 million dollar to‘laydi. Ammo bu faqat uchinchi ko‘rsatkich.

Medallar reytingida Xitoy ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo ushbu mamlakat tomonidan sportchilariga to‘lanadigan mukofot pullari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Xarajatlar bo‘yicha yetakchilik Italiyaga nasib qildi. Ushbu mamlakat sportchilari 40 ta medalni qo‘lga kiritdi (12 oltin, 13 kumush, 15 bronza). Mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitasi oltin medal uchun 196 ming dollar, kumush medal uchun 98 ming dollar va bronza medali uchun 65 ming dollar to‘laydi. Umumiy hisobda 10,7 million dollar mukofot puli xarajat qiladi.

Fransiya yetakchilardan kamroq medal yig‘gan bo‘lsa-da, mukofot pullari bo‘yicha ko‘proq xarajat qiladi. Jumladan, mezbon davlat 64 ta medalni qo‘lga kiritdi (16 oltin, 26 kumush, 22 bronza). Mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitasi oltin medal uchun 87 ming dollar, kumush medal uchun 43 ming dollar va bronza medali uchun 22 ming dollar to‘laydi. Umumiy hisobda 9,4 million dollar mukofot puli xarajat qiladi. Bu ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Qo‘shimcha qilish joiz, Forbes o‘z tadqiqotiga O‘zbekistonni kiritmadi. O‘zbekistonlik sportchilar Parij olimpiadasida 13 ta medalni qo‘lga kiritdi (8 oltin, 2 kumush, 3 bronza). Qonunchilikka ko‘ra, ularga oltin medal uchun 200 ming dollar, kumush medal uchun 100 ming dollar va bronza medali uchun 50 ming dollar to‘lanadi. Umumiy hisobda sportchilar 1 million 950 ming dollar miqdorida mukofot oladi. Bu esa Forbes reytingida beshinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij Olimpiadasi sovrindorlariga eng ko‘p pul to‘laydigan davlatlar ma’lum qilindi