Futbol bo‘yicha UYEFA Superkubogida “Real” va “Atalanta” jamoalari 14 avgust, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa madridliklar bosimni kuchaytirdi.
59-daqiqada ajoyib shturmdan keyin Vinisius Juniorning uzatmasini Valverde golga aylantirdi. 68-daqiqada esa “qaymoqranglilar” safida debyutini o‘tkazgan Kilian Mbappe dastlabki golini urdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Real” UYEFA Superkubogi sohibiga aylandi.
UYEFA Superkubogi
14 avgust, chorshanba
“Real” Ispaniya – “Atalanta” Italiya 2:0
Gollar: 1:0 – 59 Valverde, 2:0 – 68 Mbappe.
“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvaxal (Vaskes, 88), Bellingem (Sebalos, 88), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior (Arda, 88), Mbappe (Braim Dias, 83), Rodrigo (Modrich, 76).
“Atalanta”: Musso, Kolashinas (Bakker, 71), Xin, Jimshiti, Pashalich, Rujeri, Zappakosta (Godfri, 63), Ederson, de Ron, de Ketelare (Retegi, 63), Lukman.
Ogohlantirishlar: Ederson (9), Bellingem (35), Vinisius Junior (42), Jimshiti (64). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi