
OFK JCH-2026 saralashi doirasidagi dastlabki o‘yinlar qaysi stadionlarda o‘tishi borasida yakuniy qarorni e’lon qildi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1-turda 5 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida KXDRga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Xuddi shu kuni Qatar "Ahmad bin Ali" stadionida BAAni qabul qilsa, Eron Isfahondagi "Naqshi Jahon" stadionida Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘ynaydi.

10 sentyabr kuni 2-turda O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahs Bishkek shahridagi Dolen Omurzakov nomidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
KXDR Qatarni Laos mamlakatidagi "Lao Milliy" stadionida qabul qiladi. BAA esa Al Ayn shahridagi "Hazza bin Zayd" stadionida Eron bilan to‘qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar