2019 yilgi Osiyo Kubogi BAAda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqida Osiyo futbol konfederasiyasi xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, Amirliklardan tashqari Eron davlati ham Osiyo Kubogi mezbonligiga da’vogarlik qilgan edi.
2015 yilning 14 aprelida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida JCh-2018 va Osiyo kubogi-2019 birlashgan chempionatlari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 12:00da boshlanadi.
Aytish kerakki, jamoalar savatchalarga FIFA reytingi bo‘yicha joylashadilar.
Mintaqadagi FIFA reytingida eng yuqori ballga ega bo‘lgan 34ta terma jamoa avtomatik tarzda 2-bosqichga yo‘l olgan. Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekistan, BAA, Qatar, Oman, Iordaniya, Xitoy, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq, Falastin, Livan, Kuvayt, Filippin, Maldiv orollari, Vetnam, Tojikiston, Myanma, Afg‘oniston, Tailand, Turkmaniston, KXDR, Suriya, Kirg‘iziston, Malayziya, Gonkong, Singapur, Indoneziya, Laos, Guam va Bangladesh jamolari saralashni ikkinchi turda boshlashadi.
Bu jamoalarga shuningdek, 1-saralash bsqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoalar qo‘shilishadi. Hindiston – Nepal, Yaman – Pokiston, Sharqiy Timor – Mongoliya, Kambodja – Makao, Xitoy Taypeyi – Bruney va Shri-Lanka – Butan bellashuvlari g‘oliblari ikkinchi bosqichda kurashni davom ettirishadi. Ushbu juftlik g‘oliblari 17 martga qadar ma’lum bo‘ladi.
2-Saralash bosqichida 40ta terma jamoa har birida beshtadan jamoani ichiga olgan 8ta guruhga bo‘linishadi. Bellashuvlar shu yilning 11 iyunida boshlanib, 2016 yilning 29 martiga qadar davom etadi.
Guruh g‘oliblari, shuningdek, eng yaxshi ko‘rsatgichga ega bo‘lgan 4ta ikkinchi o‘rin sohiblari (jami 12 jamoa) 2019 yilgi Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, mazkur jamoalari Jahon chempionati so‘nggi saralash bosqichida kurashni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ikkinchi saralash bosqichidagi qolgan 24 jamoa esa Osiyo kubogi 2019ning 12ta yo‘llanmasi uchun kurash olib boradilar.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi