360
Promouter Eddi Hirn Parij Olimpiadasida porlagan o‘zbekistonlik bokschi bilan hamkorlik qilmoqchi
Taniqli promouter Eddi Hirn (Matchroom Boxing) Parij Olimpiadasida ishtirok etgan bokschilarning 4-5 nafari bilan hamkorlik qilmoqchiligini ma’lum qildi.
Hirnni faqatgina g‘oliblar qiziqtirmayapti: “Shunday chempionlar bo‘ldiki, ular prof ringda samarali harakat qilishiga ishonch uyg‘ota olmadi. Va shunday bokschilar bo‘ldiki, turnir boshidayoq chiqib ketdi, lekin prof boksda ular natija ko‘rsata oladi”.
Promouter ko‘z ostiga olib qo‘ygan bokschilar nomini aytib o‘tdi. Masalan, Matchroom direktori 1/8 finalda ishtirokini yakunlagan og‘ir vazn toifasi vakili Patrik Braunga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, turnirda medalni qo‘lga kiritgan Omari Jons ham qiziqishlar doirasida.
Meksikalik Marko Verde ham Eddi Hirnning nazariga tushgan. Ro‘yxatda Keytlin Parker va Teremoana Teremoana ham bor.
5 ta oltin medalni qo‘lga kiritigan O‘zbekiston vakillari Eddi Hirnda iliq taassurot qoldirgan. Eddi birinchi o‘rta vazn toifasi vakili Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, -71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Parij Olimpiadasida meksikalik Marko Alonso Verdeni taslim etib, oltin medalga ega chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi