Mag‘lubiyat kechirilmadi! "Al Nassr" rahbariyati murabbiyni haydab yubordi

Mag‘lubiyat kechirilmadi! "Al Nassr" rahbariyati murabbiyni haydab yubordi
Kecha "Al Nassr" Saudiya Arabistoni Superkubogida "Al Hilol"dan yirik 1:4 hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Bu mag‘lubiyatni "Al Nassr" rahbariyati kechirmadi va jamoa bosh murabbiyi Luish Kashtruni ishdan oldi. Bu haqida Alyaum nashri ma’lum qildi.

Endi klub direktori Ibrohim Al Muhaddib jamoaga yangi bosh murabbiy izlamoqda.

Ma’lumot uchun, Kashtru saudiyaliklarni 2023 yildan beri boshqarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat chempionatining ilk turida "Al Nassr" "Al Riyod" jamoasiga qarshi 22 avgust kuni bahs olib boradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar