18:30 / 19.08.2024
242

To‘lqin Qilichev Olimpiadada ishtirok etgan o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat sirini ma’lum qildi

To‘lqin Qilichev Olimpiadada ishtirok etgan o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat sirini ma’lum qildi
Foto: Instagram
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z shogirdlarining Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida fikr bildirdi.

G‘alabalar siri nimada? Menimcha, bu hamjihatlikda. Biz kecha-yu kunduz, har kuni ishladik. Har bir sportchiga alohida murabbiy taklif qildik. Xato qilishga haqimiz yo‘q edi. Agar muvaffaqiyat ildiziga qarasak, e’tibor yuqoridan, prezidentdan bo‘ldi. Biz so‘ragan hamma narsani tayyorlab berishdi.

Men esa har bir murabbiy o‘z ishini bajarishi uchun reja tuzdim. Misol uchun, men kubalik murabbiyga maydondagi kechki mashg‘ulot uning ishi ekani, kardio murabbiyiga kunduzgi mashg‘ulotga u javob berishini aytdim. Har bir murabbiy chin yurakdan ishladi. Ular o‘z ishini yuqori saviyada bajardi. Men murabbiylarning har birini nazorat qildim.

Yigitlarga ham ishonchim komil edi: bizda o‘zbekcha mentalitet, urf-odatlar – hammasi saqlanib qolgan. Biz vatanimiz uchun, qarindoshlarimiz uchun, oilamiz uchun har narsaga tayyormiz. Yigitlar borini berishdi. Mashg‘ulotlardan o‘zim rohatlandim
”, dedi Qilichev “Viktor Yalymovning boks studiyasi” yutube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Olimpiadada o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hasanboy Do‘stmatov (51 kilogrammgacha), Abdumalik Halokov (57), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (71), Lazizbek Mullajonov (92) va Bahodir Jalolov (92+) musobaqada shohsupaning eng yuqori o‘rnidan joy egalladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘lqin Qilichev Olimpiadada ishtirok etgan o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat sirini ma’lum qildi