08:28 / 23.08.2024
24

Saudiya Pro Ligasi. “An-Nassr” mavsumni durang bilan boshladi

Saudiya Pro Ligasi. “An-Nassr” mavsumni durang bilan boshladi
Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining ilk turida “An-Nassr” 22 avgust, payshanba kuni “Ar-Raed”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Sadio Manening uzatmasini Krishtianu Ronaldu boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Bo‘lim bitta gol bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa “Ar-Raed” penalti ishlab oldi. 49-daqiqada Fuzair penaltini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada esa Ronaldu yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Biroq gol hakam tomonidan bekor qilindi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsiz qoldi va uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

Shu tariqa Ar-Riyod klubi yangi mavsumni durang bilan boshladi.

Saudiya Pro Ligasi
1-tur bahsi

22 avgust, payshanba

“An-Nassr” — “Ar-Raed” 1:1
Gollar
: 1:0 – 34 Ronaldu, 1:1 – 49 Fuzair (penalti).
“An-Nassr”: Bento, Telles, Laport, Al-Avjami (Ali, 83), Al-Ganam, Al-Haybari (Al-Naji, 68), Brozovich (Garib, 83), Otavio, Taliska, Mane, Ronaldu.
“Ar-Raed”: Sanyur, Sobel (Saad Al Sahli, 90+1), Al-Dosari, Al-Jayzani, Gonsales, Al Rajeh, Al-Jamaan, Normann, Al Subaie, Fuzair, Sayud.
Ogohlantirishlar: Al Rajeh (16), Al Subaie (20), Al-Dosari (27), Brozovich (45+6), Laport (48), Gonsales (56).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Pro Ligasi. “An-Nassr” mavsumni durang bilan boshladi