
"Roma" Italiya A Seriyasining ikkinchi turida "Empoli"ga mag‘lub bo‘ldi. Rimliklar safidagi uchrashuvdagi yagona golni esa Eldor Shomurodov urdi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Daniele de Rossi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Eldor mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatayotgan futbolchi. Menga mana shunday o‘yinchilar kerak: tezkor, mashg‘ulotlarda borini beradigan. Bundaylar o‘yinga ham temp qo‘sha oladi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Shomurodov "Roma"ning mavsumdagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, murabbiyning ishonchiga kirib olayotganini ko‘rib turibmiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar