
Charlz Yugster 95 yoshdan yuqori insonlar o‘rtasidagi yopiq havoda 200 metrga yugurish borasida jahon rekordini o‘rnatdi. Yugster bu masofani 55,48 soniyada bosib o‘tdi. Bu avvalgi rekordchi Orvill Rodjersning natijasidan 2 soniya yaxshiroq.
Bundan tashqari Yugster 90 yoshdan yuqori insonlar o‘rtasidagi 60 metrga yugurish bo‘yicha Buyuk Britaniya rekordini ham yangiladi. U bu masofani 15,32 soniyada bosib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, iyul oyida 96 yoshni qarshilaydigan Yugster ochiq havoda 100 va 200 metrlarga yugurishda ham rekordchi hisoblanadi.
Manba: www.kun.uz
Charlz YugsterYopiq HavodaMetrJahon RekordiYoshBuyuk Britaniya Rekordi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar