12:12 / 29.08.2024
74

Eldor Shomurodovning raqobatchisidan voz kechishdi

Eldor Shomurodovning raqobatchisidan voz kechishdi
“Roma” rahbariyati angliyalik hujumchi Temmi Abraxamni Londonga qaytarish bo‘yicha “Vest Xem” bilan muzokara olib borgandi.

Avvaliga APL vakili bu transferni amalga oshirishga qiziqdi. Biroq keyinchalik jamoaning ispaniyalik bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hujum chizig‘ini boshqa futbolchiga topshirishga qaror qildi.

Ispaniyalik mutaxassis jamoaga Germaniya terma jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrug olib kelinganidan keyin aynan nemis to‘purariga ishonch bildiradigan bo‘ldi.

Endi Temmi Abraxam A Seriyada qolib, boshqa klubga o‘tishi kutilyapti. 26 yoshli forvardga “Milan” qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Rim klubi bosh murabbiyi Daniele De Rossi Temmi Abraxamga javob berib yuborib, tarkibda Eldor Shomurodovni olib qolishga moyillik bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodovning raqobatchisidan voz kechishdi