Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha ayollar musobaqasi davom etmoqda.
T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
O‘zbekistonlik sportchi 5-urinishda 5,24 metr natija qayd etib o‘zi o‘rnatgan Paralimpiya rekordini yangiladi.
Ushbu natijaga turnirda qatnashayotgan hech qaysi sportchi tomonidan yangilanmadi va shunday qilib o‘zbekiston vakili Asila Mirzayorova O‘zbekiston delegatsiyasiga dastlabki oltin medalni olib keldi.
Qayd etish lozimki, ushbu yo‘nalishda avvalgi Paralimpiya o‘yinlari rekordi 1996 yil Atlantada o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘rnatilgan. 28 yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi — 5,07 m.
Eslatib o‘tamiz, Asila 2023 yilning iyul oyida Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, Mirzayorova Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblanadi.
Bir oz avval para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslarda o‘zbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova 10.36 metr natija bilan kumush medalni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Paralimpiya bahslarining birinchi kunida para suzuvchi Muslima Odilova bronza medalini, para taekvondochi Ziyodaxon Isoqova esa kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi