15:12 / 31.08.2024
24

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi.

Va’dangizga vafodor bo‘lib, qilgan harakatlaringiz, Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning birinchi oltin medalini olib kelganingiz bilan o‘zim va xalqimiz nomidan tabriklayman”- dedi prezident.

Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev yadro uloqtirish bahsida g‘olib bo‘ldi.

"Tunislik tajribali raqibingiz bilan murosasiz kechgan bahsda irodali g‘alabaga erishganingiz, eng oxirgi urinishda esa oltin medalni naqd qildi deb xalqimizga quvonch, baxt keltirganingiz uchun sizdan minnatdorman", - dedi prezident.

Davlatimiz rahbari ularni qizg‘in tabriklab, mehrli so‘zlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi.

Paralimpiyachilarimiz tabrik va doimiy e’tibori uchun Prezidentimizga rahmat aytib, yangi g‘alabalarga erishishga va’da berdilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi