
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Paralympic
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.
Ushbu yo‘nalishda startga chiqqan o‘zbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish lozimki, ushbu natija sportchining faoliyatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi.
Avvalroq para yengil atletikachilar Asila Mirzayorova hamda Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayevlar Paralimpiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar