22:10 / 03.09.2024
36

Prezident Paralimpiya chempioni Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi

Prezident Paralimpiya chempioni Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi
Foto: Videodan kadr
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Bobur Omonov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev Bobur Omonovni ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lishdek sharafli nomga sazovor bo‘lgani va 2021 yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan qutlab, ushbu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini aytdi. Shuningdek, prezident unga ko‘makdosh bo‘lgan murabbiylari va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.

Chempion xalq ishonchini oqlaganidan xursandligi, terma jamoaning, jumladan, o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlari sportga qaratilayotgan alohida e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini ta’kidladi. Prezident 2 sentyabr kuni sovrindor bo‘lgan sportchilarni ham tabriklab, bugungi bellashuvlarda qatnashadigan hamyurtlarga omad tiladi.

Bobur Omonov yadro uloqtirish dasturida 14,32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi. U bu natijasi bilan 2021 yilda Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordni ham yangiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Prezident Paralimpiya chempioni Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi