07:57 / 05.09.2024
34

«Oltin to‘p-2024». 30 kishilik yakuniy ro‘yxat e’lon qilindi

«Oltin to‘p-2024». 30 kishilik yakuniy ro‘yxat e’lon qilindi
Foto: Getty Images
France Football nashri bir qator yo‘nalishlarda yilning eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.

E’tiborlisi, asosiy sovrin — «Oltin to‘p» nominantlari qatorida Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi yo‘q. Bunaqasi oxirgi bor 2003 filda bo‘lgandi.

«Oltin to‘p»ga nomzodlar — Jud Bellinghem («Real»), Ruben Diash («Manchester Siti»), Filip Foden («Manchester Siti»), Federiko Valverde («Real»), Emiliano Martines («Aston Villa»), Erling Holand («Manchester Siti»), Niko Uilyams («Atletik»), Granit Jaka («Bayer»), Artyom Dovbik («Jirona» / «Roma»), Toni Kroos («Real», faoliyatini tugatdi), Vinisius Junior («Real»), Dani Olmo («Leypsig» / «Barselona»), Florian Virts («Bayer»), Martin Edegor («Arsenal»), Mats Hummels («Borussiya» Dortmund / «Roma»);
Rodri («Manchester Siti»), Harri Keyn («Bavariya»), Deklan Rays («Arsenal»), Vitinya («PSJ»), Koul Palmer («Chelsi»), Daniel Karvaxal («Real»), Lamin Yamal («Barselona»), Bukayo Saka («Arsenal»), Hoqon Chalxono‘g‘li («Inter»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Kilian Mbappe («PSJ» / «Real»), Lautaro Martines («Inter»), Ademola Lukman («Atalanta»), Antonio Ryudiger («Real»), Aleks Grimaldo («Bayer»).

Eng yaxshi murabbiy bo‘lishga da’vogarlar — Xabi Alonso («Bayer»), Karlo Anchelotti («Real»), Luis de la Fuente (Ispaniya milliy jamoasi), Jan Pero Gasperini («Atalanta»), Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Lionel Skaloni (Argentina milliy jamoasi).

Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga nomzodlar — Pau Kubarsi, Lamin Yamal (ikkalasi – «Barselona»), Alexandro Garnacho, Kobbi Maynu (ikkalasi – «Manchester Yunayted»), Arda Guler («Real»), Karim Konate («Zalsburg»), Joau Nevesh, Uorren Zair-Emeri (ikkalasi – «PSJ»), Savio Moreyra («Manchester Siti»), Matis Tel («Bavariya»).

Lev Yashin sovriniga (eng yaxshi darvozabon) nomzodlar — Diogu Koshta («Portu»), Janluiji Donnaruma («PSJ»), Gregor Kobel («Borussiya D»), Andrey Lunin («Real»), Mayk Menyan («Milan»), Georgiy Mamardashvili («Valensiya»), Emiliano Martines («Aston Villa»), Unai Simon («Atletik»), Yan Zommer («Inter») va Ronuen Uilyams («Mamelodi Sandaunc»).

Eng yaxshi klub bo‘lishga nomzodlar — «Borussiya» Dortmund, «Jirona», «Bayer», «Real» va «Manchester Siti».

G‘oliblar 28 oktyabr kungi «Oltin to‘p-2024» marosimida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p-2024». 30 kishilik yakuniy ro‘yxat e’lon qilindi