Foto: Aston Villa fc
“Aston Villa” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun Premer Ligada 10 ochko olib tashlanishi mumkin edi. Ammo klub bir necha soat qolganida bu jazodan qutulib qoldi.
May oyida Unai Emeri shogirdlari Chempionlar Ligasiga yo‘l olishini nishonlaganida, Birmingem klubi rahbarlari Premer Liga FFP (iqtisodiy feyr pley) qoidalarini buzish xavfi borligini bilishgan.
30 iyunda yakunlangan uch yillik davr mobaynida “Aston Villa” 105 million funt sterling miqdoridagi zarar miqdoridan oshib ketish xavfi ostida edi. Bu esa klubdan 10 ochko olib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.
Foto: Getty Images
Biroq “Villaliklar” so‘nggi muddatda yetakchi yarim himoyachisi Duglas Luizni “Yuventus”ga 42 million funt sterlingga sotib, qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oldi.
Puldan tashqari klub “Yuventus” yarim himoyachilari Samuel Ayling-Junior va Enso Barrenechelarni ham o‘ziga qo‘shib olgan. Futbolchilar joriy mavsumda tegishli ravishda “Bolonya” va “Valensiya”ga ijaraga berilgan.
“Biz FFP qoidasini buzmaslik uchun ko‘p pul topishimiz kerak bo‘lgan vaziyatga tushib qoldik. Bu — katta qiyinchilik edi.
Hamma xursand bo‘lib, Chempionlar Ligasiga yo‘l olganimizni nishonladi, biroq ziyofat paytida Monchi va men qanday qilib ochkolarni saqlab qolish haqida o‘ylardik. Sababi bunday jazo ajoyib mavsumni barbod qilishi mumkin edi. Bu xuddi vaqt uskunasiga o‘rnatilgan bombadek edi va biz uni zararsizlantirishimiz kerak edi. Biz vazifani oxirgi soniyalarda uddaladik.
20 maydan 30 iyungacha bo‘lgan davr odatda har bir futbolchi uchun bayramdir, ammo biz uchun bu juda og‘ir vaqt bo‘ldi. Bunda nafaqat o‘yinchilarni sotish, balki daromadni to‘g‘ri aks ettirishni ta’minlash ham muhim hisoblanadi. Biz faqatgina Unai (Emeri) jamoa uchun muhim deb hisoblamagan o‘yinchilarnigina sotishimiz mumkin edi”, deya klubning futbol ishlari bo‘yicha direktori Damen Vidagani so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”