07:53 / 06.09.2024
26

Millatlar Ligasi. Portugaliya Xorvatiyani mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi

Millatlar Ligasi. Portugaliya Xorvatiyani mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi
Futbol bo‘yicha UYEFA Millatlar Ligasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahslar 5 sentyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya Xorvatiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Dalot hisobni ochdi. 34-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim oxirrog‘ida Dalotning avtogoli evaziga Xorvatiya hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va Portugaliya 2:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Ispaniya Serbiya mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi va 0:0 hisobi qayd etildi.

Shvetsiya Ozarbayjon ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Daniya Shveysariyani 2:0 hisobida taslim etdi. Polsha esa Shotlandiyani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Millatlar Ligasi
1-tur

5 sentyabr, payshanba

Portugaliya – Xorvatiya 2:1
Gollar
: 1:0 – 7 Diogu Dalot, 2:0 – 34 Ronaldu, 2:1 – 41 Diogu Dalot (avtogol).
Portugaliya: Diogu Koshta, Mendesh, Inasiu (Antoniu Silva, 77), Ruben Diash, Diogu Dalot, Brunu Fernandesh, Vitinya, Bernardu Silva, Rafael Leau (Joau Nevesh, 46), Ronaldu (Diogu Jota, 88), Netu (Semedu, 46).
Xorvatiya: Livakovich, Gvardiol, Pongrachich (Chaleta-Sar, 46), Shutalo, Sosa, Baturina (Matanovich, 61), Kovachich, Modrich (Suchich, 77), Yakich (Perishich, 76), Pashalich (Suchich, 67), Kramarich.
Ogohlantirish: Modrich (72).

Serbiya – Ispaniya 0:0
Serbiya
: Raykovich, Pavlovich, Milenkovich, Erakovich (Simich, 46), Samarjich (Gruyich, 74), Jivkovich (Belich, 62), Nedelkovich, Birmanchevich, Lukich, Ilich (Mitrovich, 85), Yovich (Ratkov, 74).
Ispaniya: Rayya, Kukurelya (Grimaldo, 56), Laport, Le Norman, Karvaxal, Fabian Ruis (Pedri, 76), Subimendi, Uilyams (Ferran Torres, 82), Olmo (Xoselu, 82), Yamal, Ayose Peres (Oyarsabal, 57).
Ogohlantirishlar: Erakovich (5), Ayose Peres (21), Karvaxal (27), Yamal (41), Birmanchevich (43), Le Norman (59), Olmo (67), Belich (69), de la Fuente (85).

Daniya – Shveysariya 2:0
Gollar
: 1:0 – 82 Dorgu, 2:0 – 90+2 Hyoyberg.

Shotlandiya – Polsha 2:3
Gollar
: 0:1 – 8 Shimanski, 0:2 – 44 Levandovski (penalti), 1:2 – 46 Gilmor, 2:2 – 76 Maktominey, 2:3 — 90+7 Zalevski (penalti).

Ozarbayjon – Shvetsiya 1:3
Gollar
: 0:1 – 65 Isak, 0:2 – 71 Isak, 0:3 – 80, Dokeresh (penalti), 1:3 – 82 Dadashov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasi. Portugaliya Xorvatiyani mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi