Portugaliyalik 39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi “A” guruhi 1-tur uchrashuvida Xorvatiyaga qarshi (2:1) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda faoliyatidagi 900-golini urganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men bu haqda orzu qilardim va yana boshqa maqsadlarim ham bor. Hammaga rahmat!”, deb yozdi Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Krishtianu “Sporting” uchun 5 ta, “Manchester Yunayted” bilan 145 ta, “Real” klubi safida 450 ta, “Yuventus” safida 101 ta, “An-Nassr” klubi bilan 68 ta gol urgan. Terma jamoa safida futbolchi 131 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
4 sentyabr kuni UYEFA Millatlar Ligasi “A” Ligasi 1-tur uchrashuvida Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin Lissabondagi (Portugaliya) “Da Luz” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Portugaliya jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.
2000 yilda Pele Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan “Asrning eng yaxshi o‘yinchisi” deb topilgan. U 1363 o‘yinda 1279 ta gol urib Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. Futbolchi urgan gollarning ko‘p o‘rtoqlik o‘yinlarida ham kiritilganini alohida e’tirof etish joiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi