
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan beri jami 68 ta gol urgan bo‘lsa-da, “An-Nasr” bilan biror nufuzli sovringa ega chiqqani yo‘q.
Portugaliyalik yulduz bu kamchilik yechimini tarkibni kuchaytirishda ko‘rmoqda. Ronaldu jamoaga “Manchester Siti” va Xorvatiya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Mateo Kovachichning olib kelinishini kutmoqda.
Krishtianu bu masalada “An-Nasr” klubidan Kovachichni qishki transferlar davrida xarid qilishni so‘rayapti. Bu haqda jurnalist Jeyms Beng xabar tarqatdi.
“An-Nasr” mashhur futbolchining roziligini olish uchun unga haftasiga 1 million funt to‘lashga tayyor. Qolaversa, Kovachich keladigan bo‘lsa, klub Sadio Mane va Talisko kabi o‘yinchilardan biri bilan xayrlashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar