17:17 / 07.09.2024
53

Xose Venansio Lopes Braziliyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Xose Venansio Lopes Braziliyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes O‘zbekiston - Braziliya (2:9) uchrashuvidan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib bordik. Afsuski, himoyadagi xatolarimiz qimmatga tushdi. Mag‘lubiyatning asosiy sababi shu bo‘ldi deb o‘ylayman. Hozirgi vaqtda jarohatlangan futbolchilar emas, hozirgi tarkibimiz haqida ko‘proq qayg‘urishimiz kerak.

Bizni Jahon chempionati kutib turibdi. Bugungi uchrashuvda 4ta golni himoyadagi xatolar tufayli o‘tkazib yubordik. Biroz tartibliroq bo‘la olganimizda, 4ta golni o‘tkazib yubormasdik. Braziliyaga qarshi o‘ynash oson vazifa emas, ammo o‘zimiz ham yaxshi o‘ynay olmadik
" - dedi terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Venansio Lopes Braziliyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?